+9 (9871) 278-55-64

graph

9:00 дан 17:00 гача
Texnikum hayotidan Talabalarga Muallimlarimiz Jadval

Koreya Respublikasidan raqamli pianinolar olib kelindi

« Back

17.04.2019 13:56

           Pianinoning ohanglari qalbni junbushga keltirib, oq va qora tugmalar orasidan sizib chiqayotgan kuy har qanday insonni sehrlab qoʻyadi. Pianino chalgan ham, uni tinglagan ham bir olam zavq oladi.

Prezidentimizning 2017 yil noyabr oyida Koreya Respublikasiga tashrifi doirasida “Booyoung Housing Co. LTD.” kompaniyasi bilan 2000 ta raqamli pianoni Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalari uchun bepul yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzolangan edi.Oʻtgan davr mobaynida viloyatlardagi bir nechta maktabgacha taʼlim muassasalari pianinolar bilan taʼminlandi.

Bugun navbatdagi raqamli pianinolarni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim va Xalq taʼlimi vazirligiga topshirish marosimi oʻtkazildi. Unda “Booyoung Housing Co. LTD.” kompaniyasi va Toshkent pedagogika kolleji rahbarlari ishtirok etishdi.Soʻzga chiqqanlar ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari, Oʻzbekistonda taʼlim sohasida olib borilayotgan oʻzgarishlar haqida fikr yuritdi.

– Oʻzbekistonga pianinolarni yigʻib berish va oʻquvchilarga oʻrgatish uchun keldim, – deydi Koreya Respublikasidagi “Samik” kompaniyasining savdo boʻyicha bosh menejeri, musiqachi Park Xuunil.

– Ikki hafta davomida yurtingiz yoshlariga koreya xalq qoʻshiqlaridan oʻrgatdim. Ular juda iqtidorli. Ishonmanki, ular bu sohada eng yaxshi mutaxassis boʻlib yetishadi.Bu tadbirda Toshkent pedagogika kollejimiz o'quvchilari faol qatnashib o'z bilmlari va mahoratlarini yanada oshirishdi.Tadbir davomida Toshkent pedagogika kolleji oʻquvchilari pianino chalib, xor jamoa koreys xalq qoʻshiqlarini ijro etdi. Maktabgacha taʼlim vazirligi hamkor tashkilotlarga esdalik sovgʻalarini topshirdi.


So'nggi habarlar
Toshkent pedagogika texnikumi direktori M.X.Tadjieva va kasbiy ta’lim buyicha direktor o‘rinboosari G.Rasulova Samarkand shaxrida

photo_2025-06-26_16-22-56 photo_2025-06-26_16-23-06  photo_2025-06-26_16-23-16   photo_2025-06-26_16-23-29 photo_2025-06-26_16-23-57  photo_2025-06-26_16-25-17

2025 yil 24 iyun kuni Toshkent pedagogika texnikumi direktori M.X.Tadjieva va kasbiy ta’lim buyicha direktor o‘rinboosari G.Rasulova Samarkand shaxrida “Texnikum bitiruvchilarining Yakuniy davlat attestatsiyasini ish beruvchi korxona va tashkilot  vakillari ishtirokida  demonstratsion imtixon shaklida o‘tkazish” mavzusida   Respublika seminarida ishtirok etishdi.Seminar ishtirokchilari  Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi,Samarqand Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi, Samarqand shaxar 1-son  politexnikumi bitiruvchilari kasblar buyicha egallagan bilim, malaka va ko‘nikmalarini ish beruvchi tashkilotlarda va ularning ekspertlari ishtirokida amaliy imtixon  shaklida bajarib ko‘rsatdilar

Toshkent pedagogika texnikumiga 2025-2026 o'quv yilida o'quvchilarni qabuli haqida ma'lumot

TOSHKENT PEDAGOGIKA TEXNIKUMIDA

2025-2026 O’QUV YILIDA O’QUVCHILAR QABULI

Bugundan boshlab abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro'yxatdan o'tishlari mumkin.

Eslatma:    Prezidentning PF-81-son Farmoniga muvofiq, professional ta’lim

to‘g’risidagi me’yoriy hujjatlarga asosan, bakalavriatiga toplagan ball bilan texnikumda oqishni davom ettirish mumkin.

photo_2025-06-05_13-26-49 (2)