![]()
DIQQAT, E’LON!
Toshkent pedagogika texnikumida 11-sinf negizida kirish imtihonlari boshlanmoqda!
2026/2027-o‘quv yili uchun kamida umumiy o‘rta ma’lumotga (11-sinf negizida) ega bo‘lgan hamda hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga! Texnikumimizda yozma kirish imtihonlari o‘tkazilishi belgilandi.
Imtihon tafsilotlari:
O‘tkazilish sanasi: 2026-yil 19-sentyabr 9:00
Shakli: Yozma imtihon
Manzil: Toshkent shahri, Muqimiy ko‘chasi, 184/186-uy (Toshkent pedagogika texnikumi binosi)
Abituriyentlar uchun muhim eslatma: Imtihonga kelayotganda o‘zingiz bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) va ruxsatnomani olishingiz shart. Belgilangan vaqtdan kechikmasdan yetib kelishingiz so‘raladi.
Barcha abituriyentlarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!
Murojaat va qo‘shimcha ma’lumotlar uchun texnikum qabul komissiyasiga uchrashishingiz mumkin.
Savol va murojaatlar uchun tel: +998 (71) 278 55 64
![]()
2025 yil 24 iyun kuni Toshkent pedagogika texnikumi direktori M.X.Tadjieva va kasbiy ta’lim buyicha direktor o‘rinboosari G.Rasulova Samarkand shaxrida “Texnikum bitiruvchilarining Yakuniy davlat attestatsiyasini ish beruvchi korxona va tashkilot vakillari ishtirokida demonstratsion imtixon shaklida o‘tkazish” mavzusida Respublika seminarida ishtirok etishdi.Seminar ishtirokchilari Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi,Samarqand Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi, Samarqand shaxar 1-son politexnikumi bitiruvchilari kasblar buyicha egallagan bilim, malaka va ko‘nikmalarini ish beruvchi tashkilotlarda va ularning ekspertlari ishtirokida amaliy imtixon shaklida bajarib ko‘rsatdilar
TOSHKENT PEDAGOGIKA TEXNIKUMIDA
2025-2026 O’QUV YILIDA O’QUVCHILAR QABULI
Bugundan boshlab abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro'yxatdan o'tishlari mumkin.
Eslatma: Prezidentning PF-81-son Farmoniga muvofiq, professional ta’lim
to‘g’risidagi me’yoriy hujjatlarga asosan, bakalavriatiga toplagan ball bilan texnikumda oqishni davom ettirish mumkin.
![]()