"MAKTABGACHA TA'LIMDA KUZATISH VA BAHOLASH" mavzusida O'QUV SEMINAR bo‘lib o‘tdi.
Toshkent pedagogika texnikumida 2025 yil 3-yanvar kuni "Maxsus fanlar" kafedrasi o'qituvchilari bilan qishki ta’til uchun rejalashtirilgan "Maktabgacha ta'limda kuzatish va baholash" mavzusida o'quv seminari tashkil etildi. Seminarda ma’ruzachilar:
1. Toshkent pedagogika texnikumi Yetakchi o‘qituvchisi Kamalova Muhabbat Rajabovna "Ta'limda kuzatish va baholash" mavzusida.
2. Toshkent pedagogika texnikumi katta o‘qituvchisi "Blum taksanomiyasi" mavzusida seminar o`tdilar.
Ushbu seminarda: Baholash ta’lim jarayonining muhim qismi hisoblanadi. Talim sifatini hamda o‘quvchilarni bilim darajalarini doimiy ravishda nazorat qilib borish ta’lim jarayoniga muhim yangiliklar kiritishga asoas bo‘ladi. Bugungi kunda yangi tizim asosida baholashning turli shakllari ishlab chiqilgan va ta’lim jarayoniga taqdim etilayotganligi haqida masalalar ko`rib chiqildi.
2025 yil 24 iyun kuni Toshkent pedagogika texnikumi direktori M.X.Tadjieva va kasbiy ta’lim buyicha direktor o‘rinboosari G.Rasulova Samarkand shaxrida “Texnikum bitiruvchilarining Yakuniy davlat attestatsiyasini ish beruvchi korxona va tashkilot vakillari ishtirokida demonstratsion imtixon shaklida o‘tkazish” mavzusida Respublika seminarida ishtirok etishdi.Seminar ishtirokchilari Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi,Samarqand Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi, Samarqand shaxar 1-son politexnikumi bitiruvchilari kasblar buyicha egallagan bilim, malaka va ko‘nikmalarini ish beruvchi tashkilotlarda va ularning ekspertlari ishtirokida amaliy imtixon shaklida bajarib ko‘rsatdilar
TOSHKENT PEDAGOGIKA TEXNIKUMIDA
2025-2026 O’QUV YILIDA O’QUVCHILAR QABULI
Bugundan boshlab abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro'yxatdan o'tishlari mumkin.
Eslatma: Prezidentning PF-81-son Farmoniga muvofiq, professional ta’lim
to‘g’risidagi me’yoriy hujjatlarga asosan, bakalavriatiga toplagan ball bilan texnikumda oqishni davom ettirish mumkin.