+9 (9871) 278-55-64

graph

9:00 дан 17:00 гача
Texnikum hayotidan Talabalarga Muallimlarimiz Jadval
Bosh sahifa  /  Xalqaro ta'lim

Xalqaro ta'lim

photo_2026-08-24_14-20-25

Toshkent pedagogika texnikumida Xitoy delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv

2026-yil 24-avgust kuni Toshkent pedagogika texnikumida Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston–Xitoy hamkorligini rivojlantirish, ilg‘or tajriba almashish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish hamda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan ta’lim jarayonida foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda Higher Education Press (HEP) va Sunmaker Training Institute vakillari ishtirok etib, kasbiy ta’lim, raqamli texnologiyalar va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazdilar.
Shuningdek, mehmonlarga Toshkent pedagogika texnikumining faoliyati, ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar kasbiy ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va o‘zaro tajriba almashishni davom ettirish bo‘yicha kelishib oldilar.

 

So'nggi habarlar
Toshkent pedagogika texnikumi direktori M.X.Tadjieva va kasbiy ta’lim buyicha direktor o‘rinboosari G.Rasulova Samarkand shaxrida

photo_2025-06-26_16-22-56 photo_2025-06-26_16-23-06  photo_2025-06-26_16-23-16   photo_2025-06-26_16-23-29 photo_2025-06-26_16-23-57  photo_2025-06-26_16-25-17

2025 yil 24 iyun kuni Toshkent pedagogika texnikumi direktori M.X.Tadjieva va kasbiy ta’lim buyicha direktor o‘rinboosari G.Rasulova Samarkand shaxrida “Texnikum bitiruvchilarining Yakuniy davlat attestatsiyasini ish beruvchi korxona va tashkilot  vakillari ishtirokida  demonstratsion imtixon shaklida o‘tkazish” mavzusida   Respublika seminarida ishtirok etishdi.Seminar ishtirokchilari  Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi,Samarqand Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi, Samarqand shaxar 1-son  politexnikumi bitiruvchilari kasblar buyicha egallagan bilim, malaka va ko‘nikmalarini ish beruvchi tashkilotlarda va ularning ekspertlari ishtirokida amaliy imtixon  shaklida bajarib ko‘rsatdilar

Toshkent pedagogika texnikumiga 2025-2026 o'quv yilida o'quvchilarni qabuli haqida ma'lumot

TOSHKENT PEDAGOGIKA TEXNIKUMIDA

2025-2026 O’QUV YILIDA O’QUVCHILAR QABULI

Bugundan boshlab abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro'yxatdan o'tishlari mumkin.

Eslatma:    Prezidentning PF-81-son Farmoniga muvofiq, professional ta’lim

to‘g’risidagi me’yoriy hujjatlarga asosan, bakalavriatiga toplagan ball bilan texnikumda oqishni davom ettirish mumkin.

photo_2025-06-05_13-26-49 (2)